<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Seni Hohlayman 03</p>
</title>
<section><p>Bu hikoya 18 yoshdan kattalar uchun mo`ljallangan. Agar voyaga yetmagan bo`lsangiz, hikoyani tark eting.</p>
<p></p>
<p>-Ushbu hikoya sizlarga manzur bo`lyapti deb umid qilaman-</p>
<p></p>
<p>Agar hikoyaning avvalgi qismlarini o`qimagan bo`lsangiz, oldingi qismlarini o`qing:</p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p>Muallif:</p>
<p></p>
<p>III Bob</p>
<p></p>
<p>Mustaqillik kuni kechga yaqin hammamiz ko`chaga aylanishga chiqdik. Uyga ancha kech qaytdik. Hamma qatori men ham tezda uxlashga yotdim.</p>
<p>Ertasiga ertalab, 2-sentabr tongida o`qishga otlandim. Yangi o`qish joyimga bir-ikki borganligim uchun yo`lni sal-pal bilardim. Dilnoza ham chiroyli bo`lib kiyinib olgandi: oppoq kofta, tizzadan bir qarich yuqori yubka. Koftasiga yaxshilab tikilgan odam old tarafdan gullari bo`rtib chiqib turgan, orqa tarafdan iplari bilinib turgan ichki kiyimini ko`rishi mumkin edi. Men Dilnozaga yeb qo`ygudek qarayotgan bo`lsamda, o`ziga sezdirmaslikka harakat qilardim.</p>
<p>Dilnoza ikkimiz bitta taksi ushladik. Neksiyaning orqa tarafiga ikkimiz o`tirib oldik. Yo`l-yo`lakay u bilan gaplashib, ochiq turgan sonlariga tez-tez ko`z tashlab qo`yardim. Avval Dilnoza o`qiydigan maktabga borib, Dilnozani tashlab, undan keyin yangi kollejimga yo`l oldim.</p>
<p>Men borgan kollej naq jannatni o`zi edi. Hammayoqda ochiq-sochiq kiyingan qizlar hammani ko`zini o`ynatardi. Men tushgan guruxda 7-8ta o`g`il bola, 10-15ta qizlar bor edi. Ular bilan yuzaki tanishib oldim. O`qituvchilar nazoratni qattiq ushlashiga qaraganda, buyerda o`qish qattiq nazorat qilinardi.</p>
<p>Darslardan chiqib, uyga kelganimda soat 2lar atrofida edi. Uyda Dilnoza yolg`iz o`zi edi. Men kiyimlarimni alishtirdimu, ovqatlanishga ham o`zimni holsiz his etib, krovatga cho`zilib oldim.</p>
<p>Yigirma daqiqalardan so`ng xonam eshigi ochildi:</p>
<p>-Aka? Uxlayapsizmi? -dedi Dilnoza past ovozda.</p>
<p>-Yo`q, -dedim g`udranganga o`xshab.</p>
<p>-Ovqatlanmaysizmi? -so`radi Dilnoza ovozini ko`tarmay.</p>
<p>-Yo`q, qimirlashga ham holim yo`q.</p>
<p>-Charchadingizmi? -Dilnoza shunday deb ichkariga kirdi va menga yaqinlashdi.</p>
<p>-Rosa charchadim.</p>
<p>Dilnoza men yotgan krovat yoniga kelib, polga cho`kkalab o`tirdi. Men qornimni pastga qilib yotardim. U qo`llari bilan yelkamni uqalay boshladi:</p>
<p>-O`qish qiyin ekanmi?</p>
<p>Men indamadim. Uning qo`llari mening yelkalarmga tegishi bilan asbobim uyg`ongandi. Yaxshiki, yuztuban yotibman, aks holda Dilnozani oldida hijolat bo`lib qolarmidim. Bir tomondan Dilnoza ko`rib qolishi yaxshi deb ham o`yladim. Ana o`shanda Dilnoza bilan erotik mavzularga o`tarmidik. Lekin bunday qilishga ochig`i qo`rqardim. Chunki Dilnoza begona emas, hafa bo`lib qolsa -Ajab bo`pti, menga nima?- deb keta olmayman.</p>
<p>Dilnoza o`n daqiqacha yelkamni uqalagach, o`rnidan turib, xonani tark etdi. Men esa ichimda o`zimni -Tayyor oldimda o`tirgandi, uyda hech kim yo`q edi. Shartta quchoqlab olsam bo`lmasmidi?- kabi gaplar bilan so`kardim. Madorim yanada kamayib, ko`zlarim yumilayotganini his etdim.</p>
<p>Ko`zimni ochganimda vaqt shomga yaqinlashib qolgan ekan. O`zimga kelish uchun biroz ko`zimni ochib yotdim. Besh daqiqalardan keyin xonadan chiqib, hammomgakirdim va yuz-qo`limni yuvib, mexmonxonaga o`tdim. Kelinoyim kechki ovqat mahali uchun salat tayyorlardi, Dilnoza Diyorbek bilan televizor tomosha qilardi.</p>
<p>-Ha, Sardorbek, o`qishga borib charchab qolibsizmi? -hazil aralash gapirdi kelinoyim.</p>
<p>-Shunaqa shekilli, negadir holsizlandim.</p>
<p>-Hali buyerga o`rganmagansizda!</p>
<p>Dilnoza yonimga surilib, shortigining cho`ntagidan telefonini oldi. Telefon menyusidan galereyaga kirib, rasmlarni ochdi va menga bir rasmni ko`rsatdi. Men yaxshiroq qarash uchun telefonni qo`limga oldim. Rasmda 5ta qiz yonma-yon turardi. Ularni orasida Dilnoza borligidan va boshqa qizlar ham oq rangli kiyim kiyganidan ularni Dilnozaning sinfdoshlari deb o`yladim. Rasmdagi qizlarni hammasi kalta yubkada edi, faqat bittasidan tashqari. U kiygan narsani ham kalta yubkadan farqi yo`q: chiqsa bir qarich chiqadigan jinsi shortik (menga qolsa jinsi trusik deb atagan bo`lardim).</p>
<p>-Xo`sh? -dedim Dilnozaga qarab.</p>
<p>-Qarang, oramizda eng chiroylisi kim ekan? -deb so`radi Dilnoza yosh bolalardek harakat bilan.</p>
<p>Men yana qaytib rasmga qaradim. Tavba, boya etibor bermagan ekanman, boshqa bir qiz kiyib olgan ustki kiyimining bir tarafi deyarli yo`q. Agar o`sha joydan chiqib turgan lifchikning bir tarafi bo`lmaganda edi, ko`kraklari deyarli to`liq ko`rinardi. Qizlarni yuziga qararkanman, aytarli chiroy ko`rmadim. Nimasiga bunaqa ochiq kiyinib olishgan? Yo ochiq kiyim ularni yuzini to`sadimi? (menimcha bunaqa yarim-yalang`och yurganda boshqalar ularni ko`kraklariga, sonlariga, yelkalariga qarash bilan band bo`lib, ularni yuziga qarashmasa kerak).</p>
<p>-Mmmm, -dedim o`ylanib, -To`g`risini aytsam hafa bo`lmaysanmi?</p>
<p>-Aytavering, -dedi Dilnoza, hafa bo`lishga tayyorlanib.</p>
<p>-Sendan boshqa hamma o`rtog`ing xunuk ekan.</p>
<p>Dilnoza muzqaymoq olgan boladek sevinib, chap qo`limni (Dilnoza chap tarafimda o`tirgandi) quchoqlab oldi va boshini yelkamga qo`ydi. Men o`zimni biroz noqulay his qildim, chunki qo`lim uning o`ng ko`kragining chetiga tegib turar, o`zim huddi uni ikkala ko`kragini ushlab olgandek ichimda hursand edim. Asbobim ham joyida uyg`ondi. Ishni beliga tepmasin dedimda, oyog`imni chalishtirib oldim.</p>
<p>-Ahmoqlar, yana bo`lsa bular meni xunuk deb hisoblarkan, -dedi Dilnoza, soxta hafa bo`lib.</p>
<p>-Qayoqdan bilding?</p>
<p>-Bir o`rtog`im aytdida.</p>
<p>-Sen qayoqdan bilasan, balki u aldagandir? Ataylab senlarni urushtirish uchun?</p>
<p>-E yo`q, aytgan o`rtog`im eng yaqin dugonam. Bular bilan esa, unchalik ham yaqin emasmiz.</p>
<p>-Bular bilan yaqin emassanu, quchoqlashib rasmga tushasanmi?</p>
<p>-Rasmga tushayotganda bo`laveradida.</p>
<p>-Ha, ho`p, seni xunuk deyishgan bo`lsa nima bo`libdi? Shu bilan xunuk bo`lib qoldingmi?</p>
<p>-Voy, aytgan gapini qarang, shunaqa ham deydimi? Yana bo`lsa sinfimizdagi yigitlarni hammasi ularni yaxshi ko`rishadi.</p>
<p>-Nima bo`libdi? Kimni yaxshi ko`rishsin unda?</p>
<p>-Bitta ham yigit yaxshi ko`rmaydi meni, hammasi ularni yaxshi ko`rishadi.</p>
<p>-Yaxshiku. . . Shoshma, bu deyman, yoqtirganing bormi?</p>
<p>-Eee, jinnivoy, -u shunday deb huddi silagandek, yuzimga ohista urib qo`ydi.Yigitim yo`q.</p>
<p>-Yigiting bormi deb so`ramadim, yoqtirganing bormi dedim. Biror sinfdoshingni</p>
</section>
</body>
</FictionBook>