<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Real xikoya 1 qism</p>
</title>
<section><p>Janjal yana ertalabdan, nonushta mahalidan boshlandi.</p>
<p>– Dadasi… – dedi zorlanib Xolnisa.</p>
<p>Akbarali avvaliga o‘zini eshitmaganga solib ko‘rishga urindi, hatto jon-jahdi bilan gazeta o‘qiyotganday tutdi.</p>
<p>Ammo Xolnisa bo‘sh keladigan ayollardan emas.</p>
<p>– Dadasi… – dedi juvon bu safar sal zardali ohangda.</p>
<p>Bo‘ron boshlanib kelayotganini anglagan Akbarali og‘ir uf tortdi va noiloj xotiniga o‘girildi.</p>
<p>Ana endi Xolnisaga xudo berib qoldi. Birdan ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan juvon “qult” etib tupugini yutarkan, alamli ohangda dedi:</p>
<p>– Shunaqa… Endi bu odam bizning gaplarimizni eshitmaydi… O’zimizam yoqmay qolganmiz, so‘zimizam…</p>
<p>Akbarali qo‘shni xonadagi Sherzod eshitib qolmasligi uchun ovozini pasaytirib dedi:</p>
<p>– Nima deysan? Yana o‘sha gapdir-da.</p>
<p>– Ha, o‘sha gap, – birdan jahl bilan o‘shqirdi Xolnisa. So‘ng ko‘zyoshlarini tiya olmay, bidirlab ketdi: – O’lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim qo‘shnilarning dastidan. Kecha anavi Saltanatga “Uyga servant omoqchiydik” desam, yashshamagur pixillab kulib nima deydi deng?</p>
<p>Xolnisa eriga savolomuz qaradi.</p>
<p>Akbarali avval yelka qisdi, so‘ng o‘ziga baqrayib tikilib qolgan xotinidan sas chiqavermagach, so‘rashga majbur bo‘ldi:</p>
<p>– Xo‘sh, nima dedi?</p>
<p>– Bopladi, yashshamagur! Iloyo og‘zingdan qoning kelgur!..</p>
<p>– Xo‘sh, nima dedi? – betoqatlanib so‘radi Akbarali.</p>
<p>– O’l dedi, dard dedi! – avjini kuchaytirdi Xolnisa. So‘ng erining afti burishayotganini ko‘rgach, darhol maqsadga ko‘chdi: – “Mosh sig‘magan orqangizga loviyani tiqib nima qilasiz?” dedi yashshamagur.</p>
<p>Akbarali hayron qoldi.</p>
<p>– Servantga moshning nima aloqasi bor?</p>
<p>Xolnisa eriga ikki karra ikki to‘rt bo‘lishini tushuntirayotgandek ta’kidlab, so‘zlarni chertib-chertib dedi:</p>
<p>– Uyimizning torligini aytdi-da u yashshamagur! Eri to‘rt xonani egallab olgan. Siz bo‘lsangiz, ammamning buzog‘iga o‘xshab…</p>
<p>– Bo‘ldi! – dedi bo‘g‘riqib ketgan Akbarali jahl bilan. – Plastinkangni to‘xtat! Yo boshqasini qo‘y.</p>
<p>– Nega to‘xtatarkanman?! – bobillab berdi Xolnisa. – Yo gapi noto‘g‘rimi? Yo‘q, to‘ppa-to‘g‘ri! Siz menga jahl qilmang, dadasi, jahl qilmang. Undan ko‘ra hammaga kulgu bo‘lib yurganimiz uchun o‘zingiz uyaling. Axir qachongacha umrimiz shu katalakda o‘tadi? Mehmon chaqirolmasak, o‘zimiz emin-erkin birovnikiga borolmasak. Yana ikki-uch yildan keyin Sherzodingiz kap-katta bola bo‘ladi. Bilmayman, to‘yni qaerda o‘tkazasiz…</p>
<p>Akbaralining tili qichidi, ammo darrov o‘zini bosdi. Zero u hozir nima desa ham tor uyda yashayverib, keng-mo‘l uyni orzu qila-qila yurak-bag‘ri siqilib ketgan Xolnisa alamini to‘kib solish uchunoq kamida yana yarim soat baqir-chaqir qilishi, keyin esa xo‘rligi kelib, rosa yig‘lab olishi aniq edi.</p>
<p>“Ayollarga oson, – deb o‘ylardi shunaqa paytlari Akbarali. – Hech bo‘lmasa ko‘zyoshi to‘kib sal yengil tortib olishadi. Qiyindan bizga qiyin…”</p>
<p>Darhaqiqat, bunday chog‘larda tashqaridan xotirjam ko‘rinsa-da, Akbarali sas chiqarmay iztirob chekar, diliga quyilayotgan alam-iztirob, chorasizlikdan qiynalish tuyg‘ulari esa asta-sekin madda boylab, yuragini siquvga olayotgan</p>
</section>
</body>
</FictionBook>