<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Real xikoya 5 qism</p>
</title>
<section><p>ko‘ndi.</p>
<p>Avval sira unamay, “Qarz olib bo‘lsayam o‘zimiz alohida to‘y qilamiz, meni nomuslarga o‘ldirmang!” deya oyoq tiragan Xolnisa kutilmaganda muloyimgina bo‘lib, Sherzodning sunnat to‘yini qaynog‘asining bolalari to‘yiga qo‘shib yuborishga rozilik berdi.</p>
<p>Kichkinagina to‘y bo‘lib o‘tdi.</p>
<p>Ammo Xolnisa nolimadi.</p>
<p>Zero ayol yaqinda olinajak yoki qurilajak hovlisida o‘g‘ilchasining katta to‘yini barcha tanish-bilishlari, sobiq qo‘ni-qo‘shnilarining havasini va hasadini keltiradigan darajada ka-atta qilib o‘tkazish rejasini tuzib qo‘ygandi.</p>
<p>Juvon qarz olish lozimligini eslatib charchamasdi, Akbarali bo‘lsa turli-tuman bahonalar bilan bu kunni orqaga surardi!</p>
<p>Axiyri bo‘lmadi. Bir kuni tong sahardan erini uyg‘otgan Xolnisa unga sal uniqqan bo‘lsa-da, yaxshilab yuvilgan, ixlos bilan dazmollangan kostyum-shimini, oq ko‘ylak va bo‘yinbog‘ni tutarkan, ishonch bilan:</p>
<p>– Bugun boring! – dedi. – Tushimda ayon bo‘ldi. Qarz olib, ikki qavatli dang‘illama hovli quribmiz.</p>
<p>– Har joyning ham o‘z egalari bor, xotin, – yana yotig‘i bilan tushuntirishga urindi Akbarali. – Begonaga shuncha pulni berib yuboradigan ahmoq yo‘q. Qolaversa, foizi ham falon pul bo‘ladi…</p>
<p>– Qanaqa foiz? – hayron bo‘lib so‘radi Xolnisa.</p>
<p>Akbaraliga jon kirdi.</p>
<p>– Surishtirib ko‘rdim, xotin, – dedi u darhol. – Menam bekor yurganim yo‘q. Yillik foizining o‘zi o‘ttiz olti ekan.</p>
<p>– U nima degani? – battar ajablandi Xolnisa.</p>
<p>Akbarali sudxo‘rlikning mohiyati haqida bir oz tushuncha bergan bo‘ldi. Ammo do‘st-dushmanning ko‘zini kuydiradigan yangi dang‘illama uy ilinjida yurgan ayol bu izohlarni unchalik tushunmadi.</p>
<p>– Avvallari qarz ol-da, xotin ol, xotin yonga qoladi deyishardi, –dedi juvon qat’iyat bilan. – Endi bu maqol o‘zgargan. Endi qarz ol-da, uy sotib ol, uy yonga qoladi, qarzni bir amallab qaytarasan deyishadi.</p>
<p>Akbarali yana kuyib-pishib bir nimalarni tushuntirishga urindi. Befoyda. Xolnisa bir gapni to‘tiqushday takrorlayverdi:</p>
<p>– Odamlar olayapti-ku…</p>
<p>Oxiri jig‘ibiyroni chiqqan Akbarali yangi kiyimlarini</p>
<p>kiydi-yu, atrofida girdikapalak bo‘layotgan xotinining olqish-duolari ostida shosha-pisha uyni tark etdi.</p>
<p>* * *</p>
<p>Akbarali bejiz xavotirlanmagan ekan.</p>
<p>Uy qurish yoki sotib olish uchun qarz undirishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari, yelib-yugurib to‘g‘rilanadigan bir qop me’yoriy hujjatlari bor ekan.</p>
<p>Ammo eng asosiysi – qiymati olinayotgan qarz miqdoridan kamida biru chorak barobar ko‘proq bo‘lgan garov mulki kerak ekan.</p>
<p>Akbaralida garovga qo‘yishga arzirli mulkning o‘zi yo‘q edi. Mabodo bunday mulkni topgan taqdirida ham, olgan qarzini vaqtida qaytarishga ishonchi yo‘q edi.</p>
<p>Akbarali “erta… indin… ko‘rilayapti… komissiya yig‘ilsin” deb yana bir-ikki oyni amallab o‘tkazdi. Biroq Xolnisaning ahvoli tobora yomon bo‘lib bormoqdaydi. Erining kurakda turmaydigan bahonalarini eshitgan zahoti lablari pir-pir uchib, rangi ko‘karib ketayotgan juvon endi sira tilini tiyib turolmaydigan bo‘lib qolgandi.</p>
<p>Akbarali yaxshi gapirib ham ko‘rdi, baqirib-chaqirdi ham, hatto bir-ikki</p>
</section>
</body>
</FictionBook>