Tasodifiy maqola:
РЕКЛАМА
Tashakkurnoma...
Man bu saytga kirvotganimga hali ko`p bo`lmadi, boshida odnodan ko`chirilgani uchun hikoyalar ham sayt ham unchalik qiziqmasdek tuyuldi. Hikoyalar tagida so`kinib yozilgan kamentlarni o`qib to`g`risi hafsalam pir bo`lgandi. Hikoya yozsam maniyam hikoyamga shunaqa so`kinishsa bekorga asabim buzuladi deb kirmasdan ketdim saytga. To`g`risiyamde hikoya yoqmadimi nima keragi bor so`kinishni. Prosta to`g`ri tanbex berilsa bo`ladiku. Bir kuni nimadir bo`lib yana kirdim kechasi uyqum qochib zerikib qaytadan a`zo bo`ldim. Oldingi profilimni paroli yodimdan ko`tarilgandi. Keyin gruppamdan hikoyalarimni buyoqga ko`chirdim. Hammangizga minnatdorchilik bildiraman chunki hali hechkim so`kinganicha yo`q. Saytdagi barcha madaniyatli insonlarga tashakkur. Keyin alohida tashakkurim sayt adminiga, ha bu saytni qo`lidan kegancha amallab boshqarib turgani uchun, kechayu kunduz saytdan xabardor bo`lib turgani uchun. To`g`risi bir kuni saytga kirsam xabar kelganakan ochib o`qisam. Sizga hikoyalariz uchun oy boshida paynet orqali sovg`a yuboriladi deb yozilgandi. Boshida ishonmadim shunchaki hazillashvotti deb o`yladim. Kecha rostdan telefonimga pul tushgach hursand bo`ldim. Man pul uchun hursand bo`lganim yo`q shunchaki etibor qilib ijodni qadrlagani uchun bu sayt adminiga tashakkur bildirmoqchiman. Hurmatli admin janoblari sizga katta tashakkur o`ylagan niyatlarizga yetib yuring. Man bu hikoyalarni pul ishlash uchun yozmaganman. Shunchaki qiziqish bu. Endi mani to`g`ri tushungan holda o`z nomerizni qoldirsangiz pulizni qaytarib yuboraman. Shunchaki etibor qilganizni o`zi ham yetarli. Aslida bu xabarni kecha qoldirmoqchi edim, to`y tashvishlari bilan bo`lib yozolmadim uzr, yangi hikoyalarni ham shunga yozolmagandim. Endi yangi hikoyalardan tezroq yozishga harakat qilaman. Etiboringiz uchun tashakkur, hurmat bilan TuNGi_HaMRoX
РЕКЛАМА
SAYITIMIZDA KIMLAR BOR